Обратный звонок
Ваше имя: *
Номер телефона: *

2019 ЙИЛ

O`zbekiston gimnastika federatsiyasi Farg‘ona viloyati bolinmasi hamda Farg‘ona viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktab tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

MA`LUMOT

Farg‘ona viloyatida gimnastika sport turlari bo`yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash bo`yicha ishlar amalga oshirildi.

O`zbekiston gimnastika federatsiyasi Farg‘ona viloyati bo`linmasi 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosi  bo`yicha  yo’l xaritasi ishlab chiqdi. Bajariladigan ishlar yuzasidan viloyat trenerlari uchun yig‘ilishlar tashkil etildi. O`tkaziladigan tadbirlar, musobaqalar bo`yicha nizomlar tayyorlandi.

 

Joriy yilning 19-iyun kuni Farg‘ona viloyati Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi, Farg‘ona viloyati gimnastika Federatsiyasi hamda Viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan birgalikda 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahr 1-sonli sport maktabida Samo sport kompleksida Farg‘ona viloyati boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika sport turi bo‘yichviloyat musobaqasi tashkil etildi.

 

      

     

Joriy yilning 11-mart kuni gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktab metodisti tomonidan 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahridagi 4,5,17,25-sonli umumta`lim maktabida seleksiya ishlari olib bordi.

Joriy yilning 31 oktyabr kuni 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahrida 1-oktyabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan musobaqa tashkil etildi. Ushbu musobaqada Badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat bosh murabbiysi F.Otabayeva tomonidan seleksiya, iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlari olib borildi.

Joriy yilning 26 may kuni badiiy gimnastika sport turi treneri Ibragimova Muharamoy tomonidan 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahridagi         16-sonli MTM seleksiya ishlari olib bordi.

Joriy yilning 24 mart kuni badiiy gimnastika sport turi treneri Paygamova Shalolaxon tomonidan 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahridagi Littlstar nomli xususiy MTM seleksiya ishlari olib bordi.

Joriy yilning 29 aprel kuni trampolin sport turi treneri Zuxurova Diyoraxon tomonidan 2022 yil 23 dekabrdagi 449-sonli Prezident qarori ijrosini bajarish maqsadida Farg‘ona shahridagi ZakkiyToshka nomli xususiy MTM seleksiya ishlari olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi "Gimnastika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-449 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda badiiy gimnastika bo‘yicha sport maktablari trenerlarini kasbiy darajasini oshirish maqsadida joriy yilning 20-21 sentyabr kunlari Farg‘ona viloyati SAMO sport majmuasida O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan yuborilgan badiiy gimnastika bo‘yicha professional trener Yelena Samaras ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Y.Samaras mutaxassislarning malakasini oshirish uchun tayyorlagan materialarni tushuntirdi hamda badiiy gimnastika murabbiylarini qiynab turgan savol, muammo va vazifalar hal etildi. Seminarda FOPSTTM hamda VGISM sportchilari va badiiy gimnastika murabbiylari tomonidan amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tildi. Ushbu seminarda Farg‘ona viloyatidan 60 nafar murabbiylar nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, 2 kunlik seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi "Gimnastika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi             PQ-449 sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda badiiy gimnastika bo‘yicha sport maktab sportchilarini faoliyati darajasini oshirish maqsadida joriy yilning 22-avgust kuni viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport  maktabida “Master klass”  bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga 50 nafardan ortiq ota-onalar va yoshlar jalb qilindi. Ushbu ochiq eshiklar kunida Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari ishtirokchisi Yekaterina Fetisova Viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tomonidan tashkil etilgan ochiq eshiklar kunida ishirok etdi. O'sib borayotgan yosh sportchilar taniqli sportchi bilan uchrashishdan juda xursand bo'lishdi va ularning har biri raqobat maydonida yuqori natijalarga erishish uchun qimmatli maslahat olishga intilishdi. Hamda ko’rgazmali chiqishlar, amaliy mashg’ulotlar olib borish bilan yoshlarni gimnastika sport turlariga qiziqtirish ishlari olib borildi.