Обратный звонок
Ваше имя: *
Номер телефона: *
Главная / SPORT MAKTABI HAQIDA

SPORT MAKTABI HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Farg‘ona viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi tasarrufidagi

Viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi

 

    Viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, 2016 yil 1 martdan o‘z faoliyatini boshlagan.

   Manzili: Farg‘ona shaxar S.Temur ko‘chasi 26-uy joylashgan sport inshootlari mavjud.

   Telefon raqami (+99855) 802-74-02, faks: (+99873)226-69-33 VGISMning Nizomi belgilangan tartibda 2022 yil 14-aprel kuni Farg‘ona viloyati xokimligi tomonidan №57-sonli reyestr bilan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilgan.

   Sport maktabining tasdiqlangan shtatlar jadvaliga asosan jami 76,8 ta shtat birligi majud bo‘lib, shundan 14 tasi ma’muriy xodimlar shtat birligi, 40 tasi murabbiylar shtat birligi, 22,8 tasi xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar shtat birliklari hisoblanadi.

   Ma’muriy boshqaruv xodimlari 18 nafar. Shundan, 5 nafari 1-toifali xodimlar (o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari va uslubchilar). 36 nafar o‘qituvchi murabbiylar mavjud.

   Viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 36 nafar o‘qituvchi-murabbiylar ishga qabul qilinib, bulardan 16 nafari oliy ma’lumotli va 20 nafari o‘rta-maxsus ma’lumotga ega (Shundan: 23 nafari ayol murabbiylar). Yuqoridagi murabbiylarning 4 nafari oliy malaka toifali, 19 nafari 1-malaka toifasiga ega va 6 nafari 2-malaka toifali murabbiylar faoliyat olib boradi.

 

Вилоят гимнастикага ихтисослаштирилган болалар-ўсимрлар спорт мактабининг кириш қисми кўриниши  Вилоят гимнастикага ихтисослаштирилган болалар-ўсимрлар спорт мактабининг фойе қисми кўриниши..  Вилоят гимнастикага ихтисослаштирилган болалар-ўсимрлар спорт мактабининг фойе қисми кўриниши.